Klinik ahamiyati:
- Bo‘lmachalar fibrillatsiyasi (BF) bor bemorlarda insult xavfini baholash.
- Antikoagulyant terapiyani (masalan, Rivaroksaban, Apiksaban, Varfarin) boshlash zaruriyatini aniqlash.
- Bemorning kardiologik va vaskulyar xavf omillarini tizimlashtirish.
Mezon | Holat | Ball |
C Congestive HF | Surunkali yurak yetishmovchiligi (yoki FV <40%) | 1 |
H Hypertension | Arterial gipertenziya (yoki AB dori ichish) | 1 |
A₂ Age ≥ 75 | Yosh 75 va undan yuqori | 2 |
D Diabetes | Qandli diabet | 1 |
S₂ Stroke/TIA | Insult, TIA yoki tromboemboliya anamnezda | 2 |
V Vascular disease | Periferik arteriyalar kasalligi, MI, aorta blyashkasi | 1 |
A Age 65–74 | Yosh 65 dan 74 gacha | 1 |
Sc Sex category | Jinsi: Ayol (Female) | 1 |
Natijalar va Taktika (Interpretatsiya):
- 0 ball (erkaklar) yoki 1 ball (ayollar): Past xavf.
- Antitrombotik terapiya (na antikoagulyant, na aspirin) tavsiya etilmaydi.
- 1 ball (erkaklar): O‘rta xavf.
- Oral antikoagulyantlar (OAK) tayinlash masalasi ko‘rib chiqilishi kerak (Grade 2A).
- ≥ 2 ball (erkaklar va ayollar): Yuqori xavf.
- Oral antikoagulyantlar tayinlash qat’iy tavsiya etiladi (Grade 1A).
Rezidentlar va shifokorlar uchun klinik eslatmalar:
- Aspirinning o'rni yo'q: Zamonaviy ko'rsatmalarga ko'ra, bo'lmachalar fibrillatsiyasida ishemik insultning oldini olish uchun aspirin monoterapiyasi samarasiz hisoblanadi va tavsiya etilmaydi. Xavf baland bo'lsa — faqat antikoagulyant.
- Valvulyar vs Non-valvulyar: Agar bemorda mitral stenoz (o'rta/og'ir) yoki mexanik yurak klapani bo'lsa, bu shkalani hisoblab o'tirmasdan Varfarin tayinlanadi. CHA₂DS₂-VASc asosan non-valvulyar BF uchun mo'ljallangan.
- NOAKlar (DOAK) afzalligi: Agar antikoagulyant tayinlashga qaror qilingan bo'lsa, Varfaringa nisbatan yangi oral antikoagulyantlar (Rivaroksaban, Apiksaban, Edoksaban) afzal ko'riladi, chunki ularda kalla ichi qon quyilish xavfi pastroq va INR (MNO) nazorati talab etilmaydi.
- S₂ (Insult/TIA) — Eng kuchli faktor: E'tibor bering, shkalada insult yoki TIA o'tkazganlikning o'zi darhol 2 ball beradi. Bu degani, BF bor bemor insult bo'ldimi, u avtomatik ravishda antikoagulyantga muhtoj (agar qarshi ko'rsatma bo'lmasa).
Shkala abbreviaturalarining kengaytmasi va izohi:
C — Congestive Heart Failure (Yurak yetishmovchiligi): Surunkali yurak yetishmovchiligi belgilari mavjudligi yoki instrumental tekshiruvda (ExoKG) chap qorincha sistolik disfunksiyasi (otib berish hajmi— EF < 40%) aniqlanishi.
H — Hypertension (Gipertenziya): Arterial gipertenziya mavjudligi (arterial bosim doimiy ravishda >140/90 mm sim. ust. bo‘lishi yoki bemorning muntazam ravishda gipotenziv dori vositalarini qabul qilishi).
A₂ — Age ≥ 75 (Yosh ≥ 75): Bemor yoshining 75 va undan yuqori bo‘lishi. Bu o‘ta yuqori xavf faktori hisoblanib, shkalada 2 ball bilan baholanadi.
D — Diabetes Mellitus (Qandli diabet): Bemorning qandli diabet bilan og‘rishi (glikemiya darajasidan qat’i nazar).
S₂ — Stroke / TIA / Thromboembolism (Insult / TIA): Anamnezda ishemik insult, tranzitor ishemik ataka (TIA) yoki tizimli tromboemboliya hodisasi mavjudligi. Bu eng kuchli xavf prediktori hisoblanib, 2 ball beradi.
V — Vascular Disease (Qon tomir kasalliklari): Anamnezda miokard infarkti (MI), oyoq magistral arteriyalarining aterosklerozi (periferik arteriyalar kasalligi) yoki aortada aterosklerotik blyashkalarning mavjudligi.
A — Age 65–74 (Yosh 65–74): Bemor yoshining 65 dan 74 yoshgacha bo‘lgan oralig‘i.
Sc — Sex Category (Ayol jinsi): Bemorning ayol jinsiga mansubligi (biologik jihatdan ayollarda bo‘lmachalar fibrillatsiyasi fonida ishemik insult rivojlanish xavfi erkaklarga nisbatan biroz yuqoriroq ekanligi statistik isbotlangan).
- NOAK (NOAC): New Oral Anticoagulants — "Yangi oral antikoagulyantlar". (Bu termin birinchi chiqqan paytda "yangi" deb nomlangan, lekin hozirda ular amaliyotga to‘liq kirib bo‘lgan).
- DOAK (DOAC): Direct Oral Anticoagulants — "Bevosita oral antikoagulyantlar". (Hozirgi kunda ilmiy adabiyotlarda shu termin ko‘proq ishlatiladi, chunki u dorilarning ta’sir mexanizmini — ivish faktorlarini bevosita bloklashini aniqroq ifodalaydi).
Eslatma: Shkala nomidagi kichik "2" indeksi (A₂ va S₂) ushbu ko‘rsatkichlar klinik ahamiyati bo‘yicha "ikki barobar" muhimligini va hisoblashda 2 ball berishini bildiradi.